100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

O'zbekiston Respublikasida MTO texnologiyasiga asoslangan yangi gaz-kimyo majmuasini moliyalashtirish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandum imzolandi

Barcha yangiliklar
Подписание меморандума о взаимопонимании по финансированию нового газохимического комплекса на базе технологии МТО в Республике Узбекистан
04.06.2021

Sankt-Peterburg, Rossiya, 2021 yil 4-iyun. — bugun “Jizzax Petroleum” MChJ QK, “Gazprombank” aksiyadorlik kompaniyasi, “VEB.RF ” davlat rivojlanish korporatsiyasi va Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sug’urtalash agentligi (EXIAR) o`rtasida yangi gaz-kimyo majmuasini moliyalashtirish bo`yicha o’zaro anglashuv to`g`risida to`rt tomonlama memorandum imzoladi. MTO (metanoldan-olefinlar) texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasini O’zbekistonning Buxoro viloyatida barpo etilishga qaror qilindi.

Memorandumning imzolanishi taxminiy 800 million AQSh dollari miqdoridagi loyiha moliyalashtirishi va moliyalashtirish bilan bog’liq xatarlarni sug’urtalash bo`yicha kelajakdagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor bo`lib xizmat qiladi.

Jizzakh Petroleum loyihaning investori deb hisoblanadi. Qurilish qiymati 2,8 milliard AQSh dollariga teng gaz-kimyo majmuasi MDHda tengsiz. Zavod mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi, bu esa yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, eksportga yo’naltirilgan gaz-kimyoviy mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali tabiiy gazni monetizatsiya qilish imkonini beradi.

“Jizzakh Petroleum” MChJ QKning strategik rivojlanish bo’yicha direktori Nigora Ibadova shunday dedi:

“Bizning jamoamiz qariyb 2 yildan beri ustida ishlab kelayotgan MTO loyihasi yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar zanjirini yaratishda katta e’tibor qaratilayotgan loyihalardan biri zamonaviy O’zbekistonning yorqin namunasidir. Bu, o’z navbatida, kelajakda qo`shimcha ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, import o’rnini bosish va yangi ish o’rinlarini tashkil etish uchun ijobiy turtki beradi. Loyiha kelajakdagi gaz-kimyo klasterining asosiy qismiga aylanadi, unga maxsus iqtisodiy zona maqomi beriladi va bu Markaziy Osiyoda bunday birinchi tajriba bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, biz uchun GPB, VEB.RF va EXIAR kabi moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega, chunki loyiha doirasida uskunalar, mahsulotlar va xizmatlarning katta qismini Rossiyadan jalb qilish rejalashtirilgan. Ushbu memorandumning imzolanishi loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo’lidagi muhim qadamdir”.

Imzolash marosimi XXIV Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi marosimi doirasida bo’lib o’tdi. Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi o’tgan yillar davomida biznes vakillari o’rtasidagi muloqot, shuningdek Rossiya, rivojlanayotgan bozorlar va butun dunyo oldida turgan asosiy iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun yetakchi global platformaga aylandi.

Qurilish ishlari tugagandan so’ng yangi olefin ishlab chiqaruvchi zavod 1,5 milliard kubometr tabiiy gazni qayta ishlashi kutilmoqda va dunyo iqtisodiyotining ko’plab sohalarida qo’llaniladigan yuqori sifatli polimerlarni yiliga 720 ming tonna miqdorida ishlab chiqarishi kutilmoqda.