100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

Yetakchi halqaro Wood PLC korporatsiyasi MTO texnologiyasi asosida gaz-kimyo kompleksini qurish loyihasi bo’yicha Enter Engineering bilan hamkorlikni davom ettirmoqda

Barcha yangiliklar
23.08.2022

Toshkent, 17 avgust 2022 yil — MTO texnologiyasi asosida gaz-kimyo kompleksi (MTO GKK) uskunalarni sotib olishda batafsil dizayn va konsalting xizmatlarini ko’rsatish uchun Wood PLC (WOOD) halqaro muhandislik kompaniyasi bilan shartnoma imzolanganligini e’lon qiladi.

Shartnoma metanol, olefin, monoetilenglikol, past zichlikdagi polietilen va polipropilen ishlab chiqarish zavodlarini batafsil loyihalashni o’z ichiga oladi. WOOD, shuningdek, butun ob’yektni qamrab oladigan raqamli boshqaruv tizimini birlashtirish strategiyasini ishlab chiqadi.

Ushbu raqamli tizim tehnologik jarayonlarni boshqarish va qullanilishini amalga oshiradi, shuningdek favqulodda vaziyatlarda uskunaning havfsiz ishlashi rejimlarini ta’minlaydi.

WOOD loyihaning bir necha bosqichlarida Buhoro viloyatida joylashgan 2,5 milliard dollarlik MTO GKK, sanoat qurilishining etakchisi va bosh ERS pudratchisi Enter Engineering bilan hamkorlik qilmoqda.

MTO tehnologiyasi asosida gaz-kimyo kompleksi loyihasi direktori Masrur Shokirov qo’yidagicha izohladi:

“Biz hurmatli WOOD hamkorimiz bilan hamkorlikni chuqurlashtirganimizdan fahrlanamiz. Gaz-kimyo kompleksi MTO (metanoldan olefinga) tehnologiyasidan foydalanmoqda, bu degani Markaziy Osiyoda bunday tehnologiyani birinchi marta amalga oshirishdir. Enter Engineering kompaniyasining yirik sanoat loyihalarini amalga oshirishdagi katta tajribasini WOOD kompaniyasining neft-kimyo, tog’-kon va muhandislik tajribasi bilan uyg’unlashtirish O’zbekiston sanoat rivojlanishi uchun yangi standartlarni belgilash imkonini beradi”.

Djuzeppe Zukkaro, Wood Process & Chemicals kompaniyasi prezidenti, qo’shimcha qildi:

“Bizning keng ko’lamli neft-kimyo loyihalaridagi katta tajribamiz va loyihalarni amalga oshirish uchun global modeldan foydalanishda qobiliyatimiz bizni ideal tehnik sherik sifatida o’rnatadi. Ushbu jahon darajasidagi kompaniyaga investitsiyalarning to’liq qaytarilishi niyatida, MTO tehnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo kompleksi loyihasi bo’yicha Enter Engineering bilan mustahkam aloqalarimizni rivojlantirishdan mamnunmiz”.

Shu yil boshida O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 357-sonli qarorida O’zbekistonning yuqori tehnologik ishlab chiqarish va neft-kimyo qazib olish quvvatlarining o’sishiga ko’maklashish maqsadida “Qorako’l” Erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgani e’lon qilindi.

MTO tehnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo kompleksi ushbu gaz-kimyo tehnologik klasterining yadrosi bo’lib, u yiliga 1,5 milliard m³ tabiiy gazni qayta ishlashi kutilmoqda (EIZ ehtiyojlarini hisobga olgan holda).

Har yili ishlab chiqariladigan 300 ming tonna polietilen tereftalat O’zbekiston to’qimachilik sanoatini rag’batlantirish orqali ichki talabni qondirishga yo’naltiriladi. Buning uchun SAG va Urgaz etakchi ishlab chiqaruvchilari bilan dastlabki shartnomalar allaqachon imzolangan. Shu bilan birga, MTO GKK O’zbekistonda import o’rnini bosishni sezilarli darajada tezlashtiradi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini diversifikatsiya qilish va rivojlantirishni ta’minlaydi.

Taniqli halqaro kompaniyalar MTO majmuasini qurish uchun tehnologiyalarni litsenziyalash bo’yicha shartnomalar tuzdilar, jumladan: Haldor Topsoe A / S (Daniya), Koch Industries Inc. (AQSH), Chemtex Global Corp. (AQSH), Scientific Design (AQSH), Versalis (Italiya), Sinopec (Xitoy) ва Grace Catalysts Technologies (AQSH).

Manba: GKM matbuot xizmati