Buxoro viloyati hududi boy tarixga ega. Uni asrab-avaylash, arxeologik topilmalarga mas’uliyat bilan yondoshish MTO Gaz-Kimyo majmuasining ESG siyosatining muhim qismidir.
Ushbu mavzu GKM MTO ESG-bo‘limi va Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasining qo‘shma seminariga bag‘ishlandi.
Nafaqat Buxoro viloyati, balki butun O‘zbekistondagi muhim sanoat loyihalaridan biri bo‘lgan GKM MTO mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosiga mas’uliyat bilan qarash, ularni ommalashtirish va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Korxonani qurishda ishtirok etayotgan GKM MTO va EPC pudratchisi xodimlariga arxeologik topilmalar nima ekanligi tushuntirildi va ko’rsatildi, shuningdek, potentsial arxeologik artefaktlar aniqlanganda harakatlar ketma-ketligi va ularga ishlov berishning tartibi tushuntirildi.
Tadbirning muhim qismi sifatida viloyat tarixiga ekskursiya, arxeologik topilmalarning O‘zbekiston Respublikasi tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylashdagi ahamiyati haqida hikoya qilish, amaldagi qonunchilik haqida qisqacha ma’lumot berildi. O‘zbekiston hududida ham, dunyoning turli burchaklarida ham topilgan kutilmagan artefaktlarning yorqin misollari keltirildi.
Buxoro viloyati Markaziy Osiyoning arxeologik topilmalarga eng boy hududlaridan biridir. Viloyat hududida milliy-madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan jami 829 ta obʼyekt, jumladan, 300 dan ortiq turli arxeologik yodgorliklar, jumladan Ramitan, Ramush, Varaxsha, Vardana va Paykend kabi mashhur obʼyektlar mavjud bo’lib, qadimiy va oʻrta asrlar sanʼatining noyob namunalari, jumladan, haykallar, devor rasmlari, zargarlik buyumlari, kulolchilik buyumlari, oʻyinchoqlar, qurol-yarogʻlar va boshqa arxeologik buyumlar topilgan.