Toshkent,
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi O‘zbekiston Respublikasida qurilish kimyosi va qurilish materiallarini ishlab chiqarish, sotish va marketing sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan tomonlarning o‘zaro manfaatdorligini namoyon qiladi.
Baxtiyor Fazilov, MTO GKM direktorlar kengashi raisi:
— Zamonaviy qurilish materiallari — mamlakatimiz sanoatining o‘sishi va o‘zbekistonliklar hayotida qulaylikni taʼminlash yo‘lida katta ahamiyat kasb etuvchi sohadir. Shu sababli ushbu hamkorlikdan mamnunmiz. Bu aloqalar qurilish materiallari, shuningdek, qurilish kimyosi sohalarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi, ko‘proq ish o‘rinlarini yaratishga, O‘zbekiston sanoat salohiyatini oshishiga, unga xorijiy tajribani olib kirishga imkon beradi.
MTO GKM “Qorako‘l” EIZning asosiy rezidenti hisoblanib, u tomonlarga qo‘shma loyihalarni yanаda samarali amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa mahalliy isteʼmolchilarni yuqori sifatli qurilish materiallari va qurilish kimyo mahsulotlari bilan taʼminlaydi, O‘zbekiston kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshiradi, qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qiladi va eksport salohiyatini kengaytiradi.
Maʼlumot uchun:
MTO GKM loyihasi Prezidentning
“Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi gaz-kimyo sanoati sohasidagi loyihalarga ixtisoslashgan. EIZ hududida polimer xomashyosi va unga asoslangan yakuniy mahsulotlar (to‘qimachilik, qurilish va taʼmirlash materiallari, tibbiy mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlari va boshq.) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, EIZ hududida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatlari, shuningdek, gaz-kimyo va neft-kimyo sanoati uchun uskunalar joylashtiriladi.
Kale kompaniyalar guruhi 1957 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qurilish materiallari va qurilish kimyosi sektorida keramik plitkalar, keramik yelim, sement aralashmalari, suv va issiqlik izolyatorlari, germetika, ko‘piklar, keramika uchun tozalash va parvarish mahsulotlari, pol va sirtlarni tayyorlash uchun sanoat materiallari, ichki va tashqi ishlar uchun bo‘yoqlar, shuningdek dekorativ tashqi suvoq materiallarini ishlab chiqaradi.
1987 yilda aerokosmik yo‘nalishda faoliyat boshlagan Kale Group hozirda ushbu sohada beshta kompaniyaga ega. Turkiya Respublikasining ko‘plab mudofaa va aerokosmik loyihalarining asosiy ishtirokchisi sifatida KALE dunyoning yetakchi mudofaa va aerokosmik kompaniyalari, shu jumladan, Lockheed Martin, Boeing va Airbusning birinchi darajali taʼminotchisi hisoblanadi.