MTO gaz-kimyo majmuasi qurilish maydoniga polietilentereftalat (PET) ishlab chiqarish qurilmasini qurish uchun uskunalar kela boshladi.
Issiqlik almashinish uskunasi Xitoyning Wuhan East Petrochemical Equipment Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, Amerikaning litsenziar - Chemtex kompaniyasi nazorati ostida PET qurilmasini qurishda foydalaniladi.
Yangi uskunaning asosiy vazifasi yakuniy mahsulotning kerakli parametrlarini ta’minlash uchun PET reaktorida optimal harorat rejimini ushlab turishdir.
Yetkazib berish jarayonida uskuna Xitoy va Qozog‘iston hududlari bo‘ylab janubiy chegara yaqinidan 5000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi, so‘ngra Yallama chegara posti orqali O‘zbekistonga kirib keldi.
Wuhan Petrochemical Heavy Equipment Co., Ltd. kompaniyasi neft-kimyo, ko‘mir, gaz, kon-qazish, atom va boshqa sanoat tarmoqlari uchun uskunalar ishlab chiqarish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyadir.