Yangi yil - nafaqat bolalar, balki kattalar ham mo‘jiza kutadigan sehrli davr. Afsuski, ko‘plab kundalik muammolar tufayli hamma ham Yangi yil keltiradigan quvonchni to‘liq his qila olmaydi.
Bu yil og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning 300 dan ortiq farzandi MTO gaz-kimyo majmuasi tashkil etgan haqiqiy Yangi yil bayramining shodiyonasini baham ko‘rdi.
Yangi yil xayriya aksiyasi doirasida kompaniya tuman hokimliklari ko‘magida Buxoro viloyatining Jondor, Olot va Qorako‘l tumanlarida bolalar uchun yangi yil qo‘g‘irchoq-musiqiy tomoshasini namoyish etdi. Kichkintoylarni Qorbobo, Qorqiz, Yalmog’iz Kampir, sehrgarlar, elflar va boshqa ko‘plab sevimli ertak qahramonlari tabrikladi, eng jasur tomoshabinlar esa o‘zlarining raqs va she’rxonlik iste’dodlarini namoyish etib, tomoshada bevosita ishtirok etishdi.
Tomosha yakunida barcha bolalar kompaniya ko‘ngillilari tomonidan to‘plangan sovg‘alarni oldilar. Bu sovg‘alar nafaqat shirinliklarni, balki trikotaj kiyimlar va qishki kurtkalarni ham o‘z ichiga olib, bolalarga sovuq oylarda sovqotmaslikga yordam beradi.
O‘tkazilgan bayram MTOning Buxoro viloyatidagi Gaz-kimyo majmuasi tomonidan amalga oshirilayotgan va aholining eng zaif ijtimoiy qatlamlariga yordam ko‘rsatishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy tashabbuslardan biridir. Xususan, 2024-yil sentyabr oyida kompaniya o‘quv yili boshlanishidan oldin maktab o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash tadbirini tashkil etdi. Ushbu tadbir doirasida 200 nafar bola kompaniya xodimlari tomonidan ular uchun maxsus xarid qilingan o‘quv qurollari va kanselyariya anjomlari, shuningdek, o‘zbek tilidagi turli kitoblar solingan ryukzaklarni oldi.