Buxoro viloyati Qorako'l tumanida MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasining qurilishi
MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasi bu tarkibida kam miqdorda qimmatbaho moddalari bo’lgan tabiiy gazni qayta ishlash va undan plastmassa olishning innovatsion texnologiyasiga asoslangan zamonaviy zavoddir.
Texnologik sxema quyidagi jarayonlarni aks ettiradi. Tozalangan va quritilgan tabiiy (tovar) gaz metanol (MeOH) uskunasining sintez gaz ishlab chiqarish qismiga tushadi. Sintez gazini ishlab chiqarish uchun havoni ajratish uskunasida olingan toza kislorod ishlatiladi. Sintez gaz metanol sintez bo’linmasida metanolga aylantirilib, “MTO-grade” oraliq mahsuloti olinadi. Keyin metanol gaz-kimyo majmuasining yuragi bo’lgan metanolni olefinlarga aylantiradigan MTO qurilmasiga yuboriladi. MTO qurilmasida ishlab chiqarilgan yengil olefinlar (etilen va propilen), qo’shimcha ravishda past zichlikdagi polietilen, yuqori zichlikdagi polietilen, etilen, vinil asetat, polietilen tereflat va polipropilenga polimerlanadi.
MTO texnologiyasini tanlash O’zbekistonda ishlab chiqariladigan tabiiy gazning o’ziga xos tarkibiga asoslangan bo’lib, bu gaz asosan tarkibida gaz-kimyo sintezi uchun asosiy xom ashyo bo’lgan etan, propan va butan kabi og’irroq moddalar minimal miqdorda bo’lgan metandan iborat