PET — bu poliefirlar orasida eng ko’p ishlatiladigan termoplastik polimerdir. PET shaffoflik, yuqori mustahkamlik, yaxshi egiluvchanlik (ham qizigan holatda, ham sovuq holatda) va kimyoviy mustahkamlikka ega.
Gaz-kimyo majmuasida foydalanadigan texnologiyalar to’qimachilikda va butilkalar ishlab chiqarishda ishlatiladigan PET ishlab chiqarish uchun juda jozibali kapital va operatsion xarajatlarni ta’minlaydi.
To’qimachilik markasi
PET matosi haqiqatan ham keng foydalanish doirasiga ega. Undan futbolkalar, kalta shimlar, galstuklar, shlyapalar, soyabonlar, yomg’irpo’shlar, shimlar, ustki kiyimlar, paltolar, kurtkalar va boshqa ko’plab mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Polyesterning xususiyatlaridan biri uning qizdirilganda shaklini “eslab qolish” qobiliyatidir. Ushbu xususiyat modelyerlar tomonidan plashli kiyimlar, masalan, yubkalar yaratishda keng qo’llaniladi. Dizaynerlar ham bundan foydalanib, derazalar uchun nafis pardalar yaratmoqdalar.
Butilka markasi
PET ning butilka markasi bir qator afzalliklari tufayli keng qo’llaniladi: u toksik emas, mahsulotning ta’miga ta’sir qilmaydi, hidi yo’q, to’liq shaffof, yuqori mustahkamlikka, yuqori zichlikka va barqaror yopishqoqlikka ega va unga ishlov berish oson.
Noyob formulalar va ishlab chiqarish texnologiyasi tufayli ushbu mahsulot mukammal izolyatsiya xususiyatlariga, bosimga va past haroratda qayta ishlov berishga yaxshi chidamlilikka ega.