100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

Gaz-kimyo majmuasini yaratish bo'yicha loyihaning maslahatchilari va litsenziarlari

Loyiha tashabbuskori

SEG (sobiq Jizzax Petroleum) — bu O’zbekiston Prezidentining 2017 yil 3 maydagi PQ-2949-sonli qaroriga binoan “O’zbekneftgaz” va “Gas Project Development Central Asia AG” va “Belvor Holding Limited Company” tomonidan tashkil etilgan kompaniya.

Neft konlarini ekspluatatsiya qilish

SEG (sobiq Jizzax Petroleum) — O’zbekistondagi 31 neft konining operatori

Farg'ona neftni qayta ishlash zavodini boshqarish

Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi, yuqori sifatli yoqilg’i va moylarni ishlab chiqarish maqsadida, modernizatsiya qilish uchun SEG ning ishonchli boshqaruviga o’tkazildi

MTO loyihasini amalga oshirish

SEG asosiy investor sifatida faoliyat ko’rsatadi, loyihani ishlab chiqishini davom ettiradi va FEED bo’yicha dastlabki ishlarni amalga oshiradi

Maslahatchilar

Skrining tadqiqotlari bo'yicha konsultant

IHS Markit — obektiv tahlil asosida strategik qarorlar qabul qilish uchun bozordagi mavjud holatni chuqur anglashga yordam beradigan dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biridir

Dizayn bo'yicha maslahatchi (Konfiguratsiyaviy o'rganish va FEED)

Wood Group xalqaro konsalting kompaniyasi AFWni sotib olgandan so’ng, birlashgan kompaniya konsalting bo’yicha dunyo etakchilarining TOP-5 va eng yirik muhandislik kompaniyalarining TOP-3-ga kirdi

Marketing bo'yicha maslahatchi

Nexant 20 yil mobaynida strategik, texnik, ishlab chiqarish bo’yicha konsalting, hamda tarmoqga bog’liq axborot taqdim qilish xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda

Yuridik maslahatchi

White & Case — kompaniyalar, hukumatlar va moliya institutlariga xizmat ko’rsatuvchi dunyodagi eng taniqli yuridik ftashkilotlardan biri

Atrof-muhit bo'yicha maslahatchi

Mott Macdonald — qayta tiklanadigan energiya va suvni tozalash va qayta ishlashni o’z ichiga olgan infratuzilma muhandisligi bo’yicha maslahatchi

Litsenziarlar

Haldor Topsøe
MeOH uskunasi

Kompaniya geterogen katalizatorlar ishlab chiqarishga va katalitik jarayonlar asosida texnologik zavodlarni loyihalashga ixtisoslashgan

Scientific Design
MEG uskunasi

Kompaniya etilen oksidi (EO) va etilen glikol (EO / EG), EO hosilalari, poliollar va maleik angidrid ishlab chiqarish va litsenziyalash bo’yicha yetakchi hisoblanadi

Versalis
PZPE/EVA uskunasi

Kompaniya 10 million tonnadan ziyod kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradi va bugungi kunda Italiya va Evropadagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi

Sinopec
MTO uskunasi

Kompaniya dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash, gaz va neft-kimyo konglomerati, shuningdek XXRdagi eng yirik neft-kimyo mahsulotlarining ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi

Grace Catalysts Technologies
PP uskunasi

Grace Catalysts Technologies neftni qayta ishlash, neft-kimyo va boshqa kimyo sanoatida ishlatiladigan texnologik katalizatorlar va tegishli texnologiyalarni ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi. Grace Material Technologies — silikagel ishlab chiqarish bo’yicha global yetakchi

Chemtex
PET uskunasi

Chemtex butun dunyo bo’ylab polyester sanoati uchun moslashtirilgan dizayn yechimlarini taqdim etadi. Poliesterlarning uzluksiz polimerizatsiyasi uskunalari uchun Chemtex INVISTA ning patentlangan texnologiyasidan foydalanadi. Bu o’z navbatida PET ishlab chiqaruvchi zavodlar uchun qulay sharoitlar yaratadi