100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

Gaz-kimyo majmuasi loyihasiga umumiy nazar

Amalga oshirish bosqichlari

2019

1-bosqich

— Tanlov tadqiqotlari — IHS Markit

— Batafsil marketing tadqiqotlari — Nexant

2020

1-bosqich

— Konfiguratsiyani o’rganish — AFW-WOOD

— Konfiguratsiyani tanlash

— Texnologik jarayonlar litsenziarlarini baholash va tanlash

— FEED (asosiy loyihalashtirish) bo’yicha asosiy ishlar bosqichining boshlanishi

— Qurilish maydonchasini tahlil qilish va tanlash

— Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish

— Muhandislik va litsenziyalash shartnomalarini tayyorlash

2021

3-bosqich

— Texnologik hujjatlar to’plamini ishlab chiqish

— Batafsil loyihalashtirish ishlarini boshlash

— Uzoq muddatli uskunalar uchun asosiy tenderlarni boshlash

— Asosiy buyurtmalarni joylashtirishning rejasini tuzish

— Qurilish-montaj ishlarini boshlash

— Maslahatchilarni tanlash va ular bilan shartnomalarni tuzish

— Moliyalashtirishni jalb etish strategiyasini ishlab chiqish

2022

4-bosqich

— FEED ishlarini yakunlash

— Uzoq muddatli uskunalar uchun buyurtmalarni yakunlash

— Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish

— Loyihani amalga oshirish uchun moliyalashtirish va kreditlar jalb qilishni tashkil etish

— Mahsulotlarni sotish strategiyasini ishlab chiqish

2023 – 2024

5-bosqich

— Batafsil loyihalashtirish ishlarini yakunlash

— Uzoq muddatli ishlab chiqarish uskunalari va yordamchi uskunalarni yetkazib berish va o’rnatish

— Qurilish maydonchasini loyihalash

— Ishga tushirish va sozlashdan oldingi ishlar

— Qurilish-montaj ishlarini yakunlash

— Ishga tushirish va sozlash ishlari

Loyihaning ijtimoiy samarasi

MTO asosida gaz-kimyo majmuasi yaratilishining asosiy sabablari

  • Gaz-kimyo majmuasining qurilishi iqtisodiyotni diversifikatsiyalashga, shu qatorda nafaqat gazni, balki yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor kimyoviy mahsulotlarni ham eksport qilishga imkon yaratib beradi.
  • Loyihaning butun hayoti davomida (20 yil) soliqlarning umumiy miqdori qariyb 2 milliard AQSh dollarini tashkil etadi, bu esa o’z o’rnida soliq tushumlari orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shadi.
  • Shuningdek, gaz-kimyo majmuasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar yondosh tarmoqlar uchun xom ashyo sifatida xizmat qilishi mumkin.

1300 dan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratish

Universitetlar va kasb-hunar kollejlarida yangi yo'nalishlar ochilishi

Iqtisodiyotning yondosh tarmoqlari diversifikatsiyasi

Multiplikativ effekt

Ishlab chiqarish sxemasi

2024-da ishga tushirish

Gaz va metanolni sintez qilish uskunasi (Syngas & MeOH)

Metanol ishlab chiqaradigan uskuna (Syngas, MeOH) xomashyo ko’rinishidagi metanol ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’lib, bu kimyo sanoati tomonidan ishlab chiqariladigan organik mahsulotlarning qiymati va miqyosi jihatidan eng muhimlaridan biri hisoblanadi, va u xususan olefin ishlab chiqarish uskunasi uchun xom ashyo hisoblanadi. GKM konfiguratsiyasida litsenziar HaldorTopsoe ning uglerod oksidi va karbonat angidridni (sintez gazi) katalitik gidrogenlash orqali metanol ishlab chiqarish texnologiyasi qo’llanildi.

2024-da ishga tushirish

Havoni ajratish moslamasi (ASU)

Havoni ajratish moslamasi atmosfera havosini tarkibiy qismlarga, ya’ni kislorod va azotga ajratish uchun mo’ljallangan. Havoni ajratishning asosini kriyogen rektifikatsiya qilish jarayoni tashkil etadi, buning natijasida mahsulotlar gaz yoki suyuq holda yuqori darajada tozalik bilan ishlab chiqariladi.

2024-da ishga tushirish

Past zichlikdagi polietilen (LDPE) va etilen vinil asetat (EVA) ishlab chiqarish qurilmasi

LDPE va EVA ishlab chiqarish jarayoni Italiyaning Versalis kompaniyasi tomonidan litsenziyalangan gaz fazali polimerizatsiya texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Texnologiyaning asosiy afzalligi — polietilenning fizik-kimyoviy va reologik parametrlarini quvurli reaktorda yuqori bosim rejimidan foydalanib o’zgartirish qobiliyatidir. Bu bitta texnologik liniyada har xil turdagi LDPE va EVA mahsulotlarini ishlab chiqarishga imkon beradi.

2024-da ishga tushirish

Monoetilen glikol (MEG) ishlab chiqarish uskunasi

Etilen glikolni etilendan Scientific Design texnologiyasidan foydalangan holda etilen oksidlanishi orqali olinadi. Etilen oksidi suv bilan reaksiyaga kirishib, etilen glikol hosil qiladi.

2024-da ishga tushirish

MTO uskunasi (metanoldan olefinlarga)

MeOH uskunasida olingan metanol, litsenziari Xitoyning Sinopec TECH kompaniyasi bo’lgan MTO uskunasida olefinlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Ushbu texnologiya metanolni to’xtovsiz oqimli suyuqlikka aylantirish jarayoni yordamida olefinlarga aylantiradi.

2024-da ishga tushirish

Polipropilen (PP) ishlab chiqarish uskunasi

Grace litsenziarining UNIPOL® PP texnologik uskunasi boshqarish va texnik xizmat ko’rsatish osonligi bilan ajralib turadi. Suyuq qatlamli reaktor tizimiga asoslangan UNIPOL® PP to’liq gaz fazali texnologiyasi, har qanday raqobatdosh texnologiyalarga qaraganda kamroq harakatlanadigan qismlarga va uskunalarga ega bo’lishga mo’ljallab ishlab chiqilgan.

2024-da ishga tushirish
PTA
2024-da ishga tushirish

Polietilen tereftalat (PET) ishlab chiqarish uskunasi

PET ishlab chiqarishi, doimiy polimerizatsiya (CP) poliesterlari va qattiq fazali polikondensatlash (SSP) uskunalari uchun patentlangan INVISTA va UOP texnologiyasiga asoslangan.

Qurilish hisoboti

22.05.2022
22.06.2022