100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

O‘zbekiston Prezidenti MTO gaz-kimyo majmuasi qurilishiga start berdi

Barcha yangiliklar
Президент Узбекистана дал старт проекту Газохимического комплекса МТО
04.06.2024

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 31-may kuni Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan MTO texnologiyasi asosidagi gaz-kimyo majmuasi (GKM MTO) loyihasiga rasman start berdi.

GKM MTO loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasiga muvofiq tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Innovatsion MTO texnologiyasidan (metanoldan olefingacha) foydalaniladigan kompleks gaz-kimyo klasterining yadrosiga aylanadi va yiliga 1 100 000 tonna yuqori sifatli polimer xomashyosi, shu jumladan 350 000 tonna polipropilen, 300 000 tonna polietilentereftalat, 100 000 tonna etilen vinil asetat, 80 000 tonna past zichlikdagi polietilendan va 280 000 tonna yuqori zichlikdagi polietilen ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonda birinchi marta past zichlikdagi polietilen, etilenvinilatsetat va polietilentereftalat ishlab chiqariladi.

GKM MTO mahsulotlarining asosiy iste’molchilari “Qorako‘l” EIZ rezidentlari, shuningdek, yengil va to‘qimachilik sanoati, avtomobilsozlik, qurilish sanoati, kimyo va farmatsevtika sanoati, qadoqlash sanoati va oziq-ovqat sanoatining mahalliy vakillari bo‘ladi.

Loyihani amalga oshirish uchun AQSh, Xitoy, Yevropa va Osiyodan dunyoning yetakchi neft-gaz-kimyo kompaniyalari, jumladan Sinopec, Air Products and Chemicals Inc., Versalis, Chemtex, ChevronPhillips, Grace Catalyst Technologies, Xaldor Topsoe, Lummus Technologies kabi texnologiya yetakchilari hamkor sifatida jalb etildi.

GKM MTO ishga tushirilishi korxonaning o‘zida 2000 ga yaqin yangi yuqori malakali ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi va uning sanoatga va umuman iqtisodiyotga ta’siri tufayli butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘n minglab odamlar turdosh tarmoqlarda ish bilan ta’minlanadi.

Manba: GKM matbuot xizmati