100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

Xalqaro kompaniyalar bilan oltita litsenziya shartnomalari imzolandi

Barcha yangiliklar
08.02.2021

Faoliyati O’zbekistonning energetika sohasini rivojlantirishga qaratilgan Jizzakh Petroleum neft-gaz kompaniyasi O’zbekistonda metanoldan-olefinlar (MTO) texnologiyasiga asoslangan yangi gaz-kimyo majmuasi qurilishida sezilarli yutuqlarga erishgani haqida xabar beradi.

Jizzakh Petroleum loyihaning yirik sarmoyachisi bo’lib, O’zbekistonning Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan bu loyha doirasida tabiiy gazni monetizatsiya qilish orqali mahalliy xom-ashyodan foydalangan holda eksportga yo’naltirilgan va mamlakat ichida yuqori talabga ega yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaradi.

GKM-ning yaratilishi kelajakda mahalliy to’qimachilik sanoatining rivojlanishiga, shuningdek avtomobilsozlik va qurilish sanoatida import o’rnini bosishiga va ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib keladi.

Hamkor Wood bilan birga amalga oshirilgan chuqur tadqiqotlar va tahlillar asosida yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan 2021 yil yanvarida va fevral oyi boshlarida oltita texnologik litsenziya shartnomalari imzolandi.

  • Jizzakh Petroleum loyihaning huquqiy maslahatchisi sifatida White & Case kompaniyasini va atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirni baholash bo’yicha maslahatchi sifatida Mott MacDonald kompaniyasini jalb qildi.
  • Wood bilan FEED bo’yicha shartnoma imzolandi.
  • FEEDni moliyalashtirish uchun SACE (Italiyaning eksport kredit agentligi) va Bank Intesa Sanpaolo (Italiya) dan rasmiy niyat xatlari olingan.

Polimer mahsulotlarini sotish bo’yicha Marco Polo International (AQSh) va KTM Kimyevi Maddeler (Turkiya) kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi

O’zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov shunday dedi:

“O’zbekiston hukumati Buxoroda barpo etiladigan ushbu majmua bo’yicha erishilgan yutuqlarni mamnuniyat bilan qutlaydi. Biz ushbu loyihani Toshkent va xalqaro sheriklar o’rtasidagi kelajakdagi o’zaro hamkorlikning namunasi deb bilamiz. Ushbu hamkorlik mamlakatimiz hukumati va xususan, Energetika vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan jadal rivojlanish dasturining kalitidir. O’tgan yili qurilish maydonchasini tanlash yakunlanganidan so’ng, Jizzakh Petroleum ishtirokidagi muzokaralar natijasida shu qadar tezkorlik bilan asosiy xalqaro litsenziyachilar bilan qator kelishuvlar imzolanganidan xursandmiz ”.

Manba: GKM matbuot xizmati