100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

Jizzakh Petroleum kompaniyasi MTO texnologiyasi asosida O’zbekistonda misli yo’q gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasini amalga oshirish yo’lidagi muhim qadamni e’lon qiladi

Barcha yangiliklar
01.09.2020

Jizzakh Petroleum kompaniyasi MTO texnologiyasi asosida O’zbekistonda misli yo’q gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasini amalga oshirish yo’lidagi muhim qadamni e’lon qiladi

O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Jizzax Petroleum kompaniyasi MTO texnologiyasiga asoslangan (“Loyiha”) O’zbekistonda yangi zamonaviy kimyo majmuasini qurish loyihasining asosiy investorlaridan biriga aylandi. Loyihaning amalga oshirilishi haqida ilk marotaba 2019-yilning mayida xabar berilgandi.

Bunday miqyosdagi texnik imkoniyatlarga ega kimyoviy majmuaning MDH mintaqasida tengi yo’qdir. Zavodni O’zbekistonning Buxoro viloyatida qurishga qaror qilindi, va u yerda zavod mahalliy xom ashyo asosida faoliyat olib boradi. Bu tabiiy gazni eksportga yo’naltirilgan yuqori qoʻshimcha qiymatli gaz-kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali monetizatsiya qilish imkonini beradi.

Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O’zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiyalashga, to’qimachilik, kimyo va parafarmatsevtika sanoatining rivojlanishiga va O’zbekistonning import hajmini kamayishiga olib keladi.

Majmuaning joylashuvi raqobatdosh xomashyo va energiya manbalari, mos infratuzilma va Evropa va Osiyodagi asosiy bozorlarga yaqinligi bilan belgilandi. Ushbu loyiha O’zbekistonning mintaqadagi energetika sohasidagi yetakchisi sifatidagi rolini kuchaytiradi.

“Jizzakh Petroleum” QK MChJ Bosh direktori Shokir Fayzullaev shunday dedi:

“Bugungi qiyin vaziyatga qaramay, biz ushbu noyob va ulkan loyihada erishilgan yutuqlar haqida xabar berishdan mamnunmiz. Biz yanada toza va xavfsiz kelajak sari innovatsion loyihalar va yechimlarni qo’llab-quvvatlab, O’zbekiston va umuman mintaqa uchun yangi uglerod iqtisodiyotini yaratishda muhim rol o’ynashga intilamiz ”.

“Biz jamiyat uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan jahon miqyosidagi kimyo kompaniyasini yaratishga intilamiz va ushbu loyiha bizning tasavvurimizga to’liq mos keladi. Bizning yondashuvimiz faqat bevosita o’zimizning ishlab chiqarish vazifalarimizni hal qilish bilan cheklanib qolmaydi, biz butun ta’minot zanjiri va barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlarini hisobga olamiz. Iqtisodiyotimizga katta hissa qo’shadigan va O’zbekiston va Markaziy Osiyo xalqlari manfaati uchun xizmat qiladigan ushbu zamonaviy majmuani barpo etishda barcha sheriklarimiz va maslahatchilarimiz bilan yaqindan va uzoq muddatli hamkorlikni umid qilamiz va kutmoqdamiz. ”

Loyiha bo’yicha ishlar davom etmoqda va Covid 19 pandemiyasi keltirib chiqargan qiyinchiliklarga qaramay, birinchi tayyorgarlik bosqichi allaqachon yakunlangan. Texnik sheriklar va maslahatchilar, shu jumladan IHS Markit, Nexant va Amec Foster Wheeler (Wood) loyihaning marketing tahlili va konfiguratsiyasini o’rganishni yakunladilar. Ayni paytda litsenziarlarni tanlashning yakuniy bosqichi davom etmoqda va u tugagandan so’ng keyingi bosqich — zavodning asosiy loyihasini (FEED) ishlab chiqish boshlanadi.

IHS Markit skrining tadqiqotiga asoslanib keyingi bosqich uchun 47 olefin hosilalaridan 18 ta yakuniy mahsulotni tanladi. Keyinchalik, Nexant 18 turdagi mahsulotlarning batafsil marketing tadqiqotlarini yakunladi, va quyidagilar rejali ishlab chiqarish uchun tanlandi: past zichlikli polietilen (LDPE), etilen vinil asetat (EVA), polietilen tereftalat (PET) va polipropilen (PP). Marketing tadqiqotlari natijalari kelajakdagi majmuaning asosiy konfiguratsiyasi uchun turli xil variantlarni ishlab chiqish uchun asos bo’ldi. Amec Foster Wheeler (Wood) loyihaning turli xil konfiguratsiyalarini o’rganib chiqdi va bo’lajak gaz-kimyoviy majmua uchun eng maqbul variantni tanladi. Konfiguratsion tadqitotlarga ko’ra qurilishning taxminiy qiymati 2,8 milliard dollarni tashkil etadi.

Qurilish ishlari bitgach, bir yilda 500,0 ming tonna olefin ishlab chiqish quvvatiga ega yangi zamonaviy majmua 1,5 mlrd. kub metr tabiiy gazni qayta ishlaydi va jahon iqtisodiyotining koʻplab sektorlarida ishlatiladigan yuqori sifatli polimerlarni ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Manba: GKM matbuot xizmati