100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

MTO GAZ-KIMYO MAJMUASI LOYIHASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK TA'SIRNI BAHOLASHI YAKUNLANDI

Barcha yangiliklar
ЗАВЕРШЕНА ОЦЕНКА СОЦИАЛЬНОГО И ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОЗДЕЙСТВИЯ ПРОЕКТА ГАЗОХИМИЧЕСКОГО КОМПЛЕКСА МТО
12.12.2022

Toshkent, 12-dekabr 2022 yil MTO texnologiyasiga asoslangan Gaz-kimyo majmuasi (MTO GKM) atrof-muhit va ijtimoiy muhitga ta’sirini baholash yakunlanganligini e’lon qildi.

Korxonaning atrof-muhit va ijtimoiy muhitga ta’siri masalasi zamonaviy sanoat loyihalarini amalga oshirishda muhim masalalardan biridir. MTO GKM rahbariyati dastlab xavflarni kamaytirish va salbiy tashqi omillarni minimallashtirish, shuningdek, loyihalashning dastlabki bosqichlarida eng zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish vazifasini o’z zimmasiga oldi.

Loyihaning atrof-muhit va ijtimoiy muhitga ta’sirini baholash uchun taniqli, xalqaro standartlarga muvofiq tahlil o’tkazgan, atrof-muhit ekspertizasi bo’yicha nufuzli maslahatchi Mott MacDonald kompaniyasi jalb qilindi.

Tadqiqot shuni ko’rsatdiki, MTO GKM da amalga oshirilgan ijtimoiy-ekologik amaliyotlar xalqaro moliyaviy rivojlanish institutlari, shu jumladan Jahon banki va Evropa tiklanish va taraqqiyot banki standartlariga javob berib, aniqlangan ekologik — ijtimoiy ta’sirlar ahamiyatsiz darajali va nazorat ostida deb tasdiqlandi.

Masrur Shakirov, Gaz-kimyo majmuasi MTO bosh direktori:

“Biz Mott MacDonald va EKOSTANDART Ekspert MChJ mutaxassislariga MTO GKM loyihasini amalga oshirishda yordam beradigan har tomonlama baholash uchun minnatdorchilik bildiramiz. Bizning yirik va mintaqamiz uchun noyob sanoat loyihamizning boshidanoq biz xalqaro ekologik va ijtimoiy barqarorlik standartlariga sodiqmiz.

MTO GKM loyihasining amalga oshirilishi Buxoro viloyati uchun katta imkoniyatlar ochadi. Barqaror sanoat rivojlanishi mintaqa salohiyatini ochib beradi, iqtisodiy o‘sish va boshqa ijobiy o‘zgarishlar uchun kafolatlangan asos yaratadi”.

Mott MakDonald hisobotni mahalliy maslahatchi “Ekostandart Ekspert” MChJ ko‘magida tayyorladi. Ular birgalikda loyihaning potentsial ekologik va ijtimoiy ta’sirlarini, jumladan, havo sifati, suv resurslari, tuproq, biologik xilma-xillik, shovqin va tebranishlarni baholadilar.

Shuningdek, AMITB hisoboti mintaqada ish o’rinlarini yaratish va iqtisodiy rivojlanishda ijobiy ijtimoiy ta’siri borligini hulosa qildi. MTO GKM loyihasini amalga oshirishda Buxoro viloyatida 2000 ga yaqin xodimlarni ish bilan ta’minlash va malakasini oshirish hisobiga ko‘p tomonlama iqtisodiy samara berishi kutilmoqda. Tayyorgarlik va o‘quv dasturlarini o‘tkazishga mahalliy mutaxassislar ham jalb etiladi.

Jamoatchilikni jalb qilish va loyihani yaqin atrofdagi aholi uchun ochiq qilish maqsadida Qorako’l, Jondor va Olot tumanlari hokimliklari bilan hamkorlikda ochiq eshituvlar o’tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda MTO GKM vakillari mahalliy aholi bilan loyiha, shu jumladan uning atrof-muhit va ijtimoiy muhitga ta’siri haqida ma’lumot almashdilar. Shuningdek, mahalliy aholiga loyihaning amalga oshirilishi va uning mintaqaviy iqtisodiy ahamiyati to’g’risida ma’lumot berildi.

Tinglovlar natijalariga ko’ra ijobiy sharhlar olindi. Mahalliy aholi uchun ish bilan ta’minlash imkoniyati, kutilayotgan ish haqi va mintaqa daromadlarining ko’payishi, korxonada qo’llaniladigan uskunalar va qo’shni infratuzilmani yaxshilash istiqbollari, shu jumladan obodonlashtirish va loyihaning atrofida yangi bog’lar yaratish haqida savollar berildi.

Loyihaning hayotiy tsikli davomida MTO GKM o’sishi va unga yangi ob’ektlar qo’shilishi bilan barcha muhim o’zgarishlarni hisobga olgan holda atrof-muhit va ijtimoiy muhitga ta’sirini qo’shimcha baholash amalga oshiriladi.

Manba: GKM matbuot xizmati