100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

"Qorako'l" EIZning ilk rezidenti

Barcha yangiliklar
Первый резидент СЭЗ «Каракуль»
16.12.2022

Buxoro viloyatidagi MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasining eng birinchi ishtirokchisi bo’ldi.

Kim oshdi savdosi yakunlariga ko‘ra, majmuaga 30 yil muddatga foydalanish uchun 225 gektar yer uchastkasi topshirildi.

Kim oshdi savdosi yakunlari boʻyicha “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) direksiyasi " Gas Chemical Complex MTO Central Asia LLC" MChJ bilan 2022-2025-yillarda gaz-kimyo korxonalari obyektlarini qurilishini va mahalliy hamda EIZ ishtirokchilarining ishlab chiqaruvchilariga yetkaziladigan polimer xomashyosining ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan.

Masrur Shakirov, MTO gaz-kimyo majmuasi bosh direktori:

“MTO Gaz-kimyo majmuasi gaz-kimyo klasterining bir qismi bo’ladi. Turdosh tarmoqlar bilan birgalikda gazdan avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot va boshqa sanoat tarmoqlari uchun O’zbekiston Respublikasida yuqori talabda bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaramiz.

EIZ hududida 2000 ga yaqin to’g’ridan-to’g’ri va yana 10 000 ga yaqin bilvosita ish o’rinlari tashkillashtiriladi”.

Bakhodur Khafizov, “Qorako’l” erkin iqtisodiy zonasi bosh direktori:

“EIZ loyihasi ishga tushirilganidanoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilgan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish vazifasini samarali hal etish uchun ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

MTO gaz-kimyo xoldingi EIZning birinchi ishtirokchisi bo’ldi. Korxonada birinchi navbatda EIZning barcha ishtirokchilari foydalanishi uchun kerak bo’lgan xomashyo ishlab chiqariladi”.

Arizachilar tanlovi ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda har bir kompaniya “Qorako’l” EIZ hududida amalga oshirishni rejalashtirayotgan investitsiya loyihasini taqdim etadi va uni Erkin iqtisodiy zona direksiyasida himoya qiladi. Investitsiya loyihasi ma’qullangandan so‘ng yer uchastkasi “E-auksion” mustaqil elektron savdo maydonida tashkil etiladigan kim oshdi savdosiga qo‘yiladi.

Oktyabrdan noyabrga qadar o‘tkazilgan eng yirik lot uchun birinchi tanlovda MTO texnologiyasiga asoslangan Gaz-kimyo majmuasini qurilishi operatori “Gas Chemical Complex MTO Central Asia” MChJ g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekistonning yirik ishlab chiqaruvchilari: SAG, UrGaz, Vero Group va Merganteks kompaniyalari EIZda ishlash rejalarini bildirishdilar.

“Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi

Buxoro viloyatidagi “Qorako’l” erkin iqtisodiy zonasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 357-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. EIZ hududi 400 gektarni tashkil etadi.

Qarorda respublikadagi eng yirik gaz-kimyo klasterini yo’lga qo’yish, hududning sanoatiga e’tibor qaratib, qayta ishlangan tabiiy gazdan polimer xomashyosini ishlab chiqarish hamda yakuniy mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish ko’zda tutilgan.

MTO gaz-kimyo majmuasi

Gaz-kimyo majmuasi (GKM MTO) Qorako’l erkin iqtisodiy zonasining langar rezidenti bo’lib, yiliga 730 ming tonna tabiiy gazdan gaz-kimyo xomashyosini ishlab chiqaradi.

Manba: GKM matbuot xizmati