Ohirgi kurs talabalari GKM MTO haqidagi ma’lumotlar, majmuaga kiritilgan noyob texnik yechimlar, shuningdek, ishga joylashish istiqbollari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
GKM MTO mutaxassislari bir necha kun ichida Qarshi va Buxorodagi yetakchi texnologik universitetlar — Qarshi muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Buxoro neft va gaz sanoati kollejiga tashrif buyurishdi.
Ma’ruza davomida talabalarga O‘zbekistondagi eng yirik gaz-kimyo majmuasining rejalashtirilgan texnik ko‘rsatkichlari, litsenziatlar tomonidan taqdim etilayotgan texnologiyalar, GKM MTOda ishlab chiqariladigan mahsulotlar hamda kelgusida ish bilan ta’minlash istiqbollari haqida so‘zlab berildi.
O’tkazilgan ma’ruzalar talabalarda jonli va aktiv munosabatni uyg’otdi, buning isbotini, talabalrning ko’pchiligi ma’ruzalardan so’ng darhol o’z rezyumelarini yuborganida bilsa boladi.
GKM MTO haqida
GKM MTO yiliga 730 ming tonna quvvatga ega bo’lgan Markaziy Osiyodagi eng yirik polimer mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bo’ladi. Korxonada to‘rt turdagi mahsulot ishlab chiqariladi: polipropilen (250 000 t/g), past zichlikdagi polietilen (80 000 t/g), etilen vinil asetat (100 000 t/g) va polietilen tereftalat (300 000 t/g).
Majmuaning o’ziga xos xususiyati — yagona hududdagi noyob texnologik jarayon. Metanol yanada ekologik toza metandan ishlab chiqariladi (metanol ko’mirdan olinadigan an’anaviy sxemadan farqli o’laroq), so’ngra MTO (Metanoldan Olefingacha) texnologiyasidan foydalangan holda metanolning etilen va propilenga katalitik krekingi amalga oshiriladi.
Loyihada John Wood Group Plc (Buyuk Britaniya va Italiya), Air Products (AQSh), Topsoe (Daniya), Koch Industries Inc. (AQSh), Chemtex Global Corp. (AQSh), Scientific Design (AQSh), Versalis (Italiya), Sinopec (Xitoy) va Grace Catalysts Technologies (AQSh) kabi yirik xalqaro kompaniyalar ishtirok etmoqda.