100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

GKM MTOda metanol orolini barpo etish uchun ish olib borilmoqda

Barcha yangiliklar
На ГХК МТО ведется подготовка площадки для метанольного острова
13.04.2023

“Qorako‘l” EIZ hududida MTO texnologiyasi asosidagi gaz-kimyo majmuasining asosiy komponenti bo’lgan — Metanol oroli qurilishi uchun maydonni tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlandi.

Ushbu jarayonga 10 ta ekskavator, 30 ga yaqin samosval va 4 ta buldozerdan iborat ogʻir qurilish texnika parki jalb etildi. Bugungi kunga qadar 240 ming kub metrdan ortiq tuproq qazib chiqarib tashlandi. Tayyorgarlik ishlari doirasida jami 800 ming kub metrga yaqin tuproq olib tashlanadi. May oyi o‘rtalarida maydon tozalanib, tayyor holga kelinishi kutilmoqda.

15 gektar maydonni egallagan metanol oroli MTO texnologiyasi asosidagi gaz-kimyo majmuasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yiliga 1,3 million tonna quvvatiga ega sintez gazini ishlab chiqarish metanol zavodini, shuningdek, sanoat ehtiyojlari uchun kislorod va azot ishlab chiqaradigan havo ajratish uskunasini o‘z ichiga oladi.

Manba: GKM matbuot xizmati