MTO texnologiyasi asosida Gaz-kimyo majmuasi mutaxassislari tomonidan Buxoro viloyatida barpo etilayotgan butun gaz-kimyo klasterining kelajakdagi boshqaruv kompleksi uchun asos bo‘ladigan IT-tizim tayyorlanib, foydalanishga topshirildi.
Birinchi bosqichda mutaxassislar biznes ma’lumotlarini monitoring qilish, to‘plash va tahlil qilishni ta’minlovchi intellektual tahliliy tizimlarni, shuningdek, loyihani moliyaviy-iqtisodiy boshqarishni ta’minlovchi dasturiy ta’minotni o‘rnatdilar.
Bundan tashqari, boshqarmalar, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan markaziy ofisi va Qorako‘l shahridagi ishlab chiqarish majmuasi o‘rtasida doimiy axborot almashinuvini ta’minlash tizimning vazifalaridan biri bo‘ladi. Ushbu tizim real vaqt rejimida ma’lumotlar bazalarini yaratadi va yangilaydi, loyihani amalga oshirish jarayonini, tayyorgarlik va qurilish ishlari sur’ati va turlarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning umumiy holatini doimiy ravishda kuzatib boradi.
Keyingi bosqichlarda ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimini (ishlab chiqarishni amalga oshirish tizimi) yagona kompleksga integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan (Manufacture execution system) IT tizimini, shuningdek, hozirda GKM MTO xalqaro hamkorlari tomonidan ishlab chiqilayotgan jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.