100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasi "ESG yo’nalishida yilning eng yaxshi yutuqlari" mukofotiga nomzodlar ro'yxatiga kirdi

Barcha yangiliklar
Газохимический комплекс на базе технологии МТО вошел в шорт-лист премии «Прорыв года в области ESG»
12.09.2023

Globuc Business Club xalqaro agentligi 12-14-sentyabr kunlari Olmaota shahrida (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo va Kaspiyning neft va gaz kimyosi hamda qayta ishlash” 10-chi yubiley konferensiyasi doirasida GKM MTO yutuqlarini qayd etdi va "ESG yo’nalishida yilning eng yaxshi yutuqlari" mukofotining qisqa ro'yxatiga kiritdi.

GKM MTO tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ESG siyosati Buxoro viloyati uchun ish o'rinlari yaratish va munosib mehnat sharoitlarini ta'minlash, o'rta va kichik korxonalarni qo'llab-quvvatlash, shahar va qishloq infratuzilmasini yaratish, resurslarni qayta ishlash texnologiyalaridan foydalanish, mahalliy aholi uchun ta'lim tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, mavjud hududdagi yerlarni obodonlashtirish, quyosh energiyasidan foydalanish hisobiga energiya sarfini kamaytirish, shuningdek, cho'llanish va iqlim o'zgarishiga qarshi kurash kabi dolzarb muammolarni yechimini topishga qaratilgan.

O‘tgan yilning o‘zida kompaniya nafaqat barqaror rivojlanishni boshqarish tizimining bir qator muhim elementlarini ishlab chiqdi va joriy qildi, balki aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘maklashish, ijtimoiy-ma’rifiy va ta’lim olish, madaniy meros va atrof-muhitni asrash kabi tadbirlarni amalga oshirdi.

G'olib Globuc Biznes klubi ekspertlar kengashi tomonidan aniqlanadi, uning a'zolari nomzodlar va ularning dasturlarini batafsil ko'rib chiqadilar, shuningdek, sohani rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni qayd etadilar, shundan so'ng ular yakuniy qaror qabul qiladilar.

Taqdirlash marosimi anjumanning 10 yilligiga bag‘ishlangan va 13-sentabr kuni oqshomida Rixos Almaty mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan tantanali ziyofat chog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Manba: GKM matbuot xizmati