100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

MTO gaz-kimyo majmuasida Bilimlar kuni munosabati bilan xayriya aksiyasi tashkil etildi

Barcha yangiliklar
Газохимический комплекс МТО организовал благотворительную акцию в честь Дня знаний
13.09.2023

MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasi (keyingi o'rinlarda “GKM MTO”) yangi o'quv yili boshlanishiga to'g'ri kelgan va qiyin ahvolga tushib qolgan bolalar, shuningdek og’ir hayotiy vaziyatlarni boshidan o’tkazayotgan ota-onalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya aksiyasini tashkil etdi.

Aksiya doirasida GKM MTO tomonidan Buxoro viloyatining Qorako‘l, Jondor va Olot tumanlariga 200 dona ryukzak, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan turli kantselyariya buyumlari xarid qilinib, yetkazib berildi va tuman hokimiyati hodimlari gaz-kimyo majmuasi ko‘ngilli xodimlari bilan birgalikda 200 ta to‘plam hadyalar tayorlab, ularni bolalar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillariga tarqatdilar.

Xayriya tadbiridan ko‘zlangan maqsad nafaqat muhtojlarga yordam ko‘rsatish, balki yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan bolalarni qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish va bolalarda ta’limning muhim ahamiyati haqida tushuncha hosil qilishdir.

Aksiya ishtirokchilari GKM MTOga muhim tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirdi, buning natijasida bolalar yangi o‘quv yilini teng imkoniyatlar bilan boshlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Manba: GKM matbuot xizmati