MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasining ESG yo’nalishi rahbari Artyom Ushakov quyidagilarni ta’kidladi: “Ushbu mukofot kompaniyamizni faoliyat ko’rsatayotgan joylarda nafaqat qo’llaniladigan texnologik yechimlar, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, O’zbekistonning tarixiy merosini asrab-avaylash va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash kabi muhim vazifalarni hal etish borasida ham ilg’or ekanligini isbotlaydi. Biz ‘Uchinchi Uyg’onish davri flagmani’ maqomi bizga yuklatgan barcha mas’uliyatni tushunibgina qolmay, bizning loyiha orqali hamyurtlarimizni hayotini tubdan o’zgartirishga eng faol qadamlarimizni qo’ymoqdamiz.”
Kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ESG siyosati ish o’rinlarini yaratish va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash, o’rta va kichik korxonalarni qo’llab-quvvatlash, shahar va qishloq infratuzilmasini yaratish, resurslardan qayta foydalanish texnologiyalarini qo’llash, mahalliy aholi uchun ta’lim tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, mavjud bo’lgan hududlarni obodonlashtirish, quyosh energiyasini qo’llash hisobiga energiya iste’molini kamaytirish hamda cho’llanish va iqlim o’zgarishiga qarshi kurash kabi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Yilning ESG yo’nalishidagi yutug’i mukofoti haqida
“Yilning ESG yo’nalishida eng sara yutuqlar” sanoat mukofoti bilan ESG amaliyotlarini birlashtirish bo’yicha dadil va innovatsion qadamlar qo’yayotgan va atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv yo’nalishlaridagi yutuqlarga erishgan yetakchi tashkilotlar taqdirlanadi.