Amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko’ra, dala tadqiqotlari natijalari bo’yicha batafsil hisobot tuzildi va loyiha hududi atrofidagi faunaning tavsifi berildi. Hisobotda atrof-muhit va bioxilma-xillikni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish ustuvorligi alohida qayd etilgan.
Biologik xilma-xillik bo’yicha mutaxassislar 24 turdagi qushlar, 11 turdagi sudraluvchilar, 9 turdagi sutemizuvchilar va 17 turdagi umurtqasiz hayvonlar qayd etilgan 11 ta vakillik ob’ektini o’rganib chiqdilar.
Hayvonot dunyosi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar kompaniyamizga harakat rejasini malakali ravishda tuzish va ekotizimni saqlash va yaxshilash bo’yicha samarali yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Zero, tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan tadbirlarni mas’uliyat bilan olib borish asosiy maqsadlarimizdan biridir.