“Tezroq, balandroq, kuchliroq!” degan ma’noni anglatuvchi ushbu Olimpiya shiori ostida GCC MTO xodimlari, 2023 Xalqaro xayriya Samarqand marafonida qatnashdilar, shuningdek, ular Xalqaro 3×3 basketbol turniri Enter Engineering kasaba uyushmasi qo’mitasining jamoaviy o’yinlardai 5-o‘rinni egalladilar.
“Samarqand Marafoni” xayriya poygasi beshinchi bor bo‘lib o‘tdi va bu yil 43 davlatdan 3000 dan ortiq yuguruvchini jamladi.
Tadbirda MTO texnologiyasi asosidagi gaz-kimyo majmuasidan Ichki audit va tashkiliy rivojlantirish boshqarmasi, ESG, Qurilish, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi, Muhandislik-texnologiya bo‘limi hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalari xodimlaridan 15 nafari ishtirok etdi.
Bu yil marafon ikki bosqichga boʻlingan:
Shuningdek, korxona xodimlari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan “Enter Engineering kasaba uyushmasi qo‘mitasining” 3×3 formatida basketbol bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirida ham alohida ajralib turdilar. Turnirda ishtirok etgan 12 ta jamoadan MTO jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 5-o‘rinni egalladi.