100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

Texnologik uskunalarning yangi partiyasi GKM MTO ga keltirildi

Barcha yangiliklar
Новая партия оборудования доставлена на ГХК МТО
12.01.2024

Shveytsariyaning “Sulzer” kompaniyasining umumiy quvvati soatiga 10 ming kub metrdan ortiq bo‘lgan beshta nasosi noyabr oyi oxirida qurilish maydonchasiga muddatidan avval yetib keldi.

Nasoslar Sulzer Pumps Suzhou Ltd tomonidan ishlab chiqarilgan va Gaz-kimyo majmuasida bor uskunalar ichida eng katta va eng samarali elementlaridan biri deb hisoblanadi.

Nasoslar umumiy zavod ob’ektlarining ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Uskunalarning o’rnatilishi Enter Engineering mutaxassislari tomonidan ishlab chiqaruvchi vakillarining muhandislik nazorati ostida amalga oshiriladi. Yangi uskunalar GKM MTO yagona sovutish tizimining barcha ehtiyojlarining taxminan 2/3 qismini ta’minlaydi.

Manba: GKM matbuot xizmati