Kompaniya o'z ishini ijtimoiy faoliyatni samarali boshqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishi uchun asos yaratishdan boshlaydi. “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasining langar rezidenti sifatida, biz o‘z faoliyatimizga mas’uliyat bilan yondashish bilan birgalikda, barcha manfaatdor tomonlar va kelajak avlodlar uchun qadriyat yaratishda, shu bilan birgalikda, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga erishish yo’lidan bosqichma-bosqich borish majburiyatini o’z zimmamizga olamiz.
Kompaniya siyosati
27.03.2024
16.08.2023
02.08.2023
19.05.2023
Ishga tanlab olish va yollash siyosati Kompaniyaning omma e’tiboriga havola etiladigan bayonoti bo‘lib, unda ishga qabul qilishning barcha bosqichlarida, jumladan, ishga qabul qilish, tanlash va joylashtirishda niyatlar, ishning asosiy tamoyillari va majburiyatlarini aks ettirgan ustuvorliklar belgilab qo‘yilgan
19.05.2023
Atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati Kompaniyaning ekologik toza ishlab chiqarish, atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish tamoyillariga sodiqligini e'lon qiladi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatning asosiy yo'nalishlarini belgilaydi
19.05.2023
Kompaniyaning Barqaror rivojlanish siyosatida kompaniyaning niyatlari, ustuvor yo‘nalishlari, asosiy ish tamoyillari va BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha majburiyatlari belgilab berilgan
Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik siyosati Kompaniyaning ta'sir doirasidagi xodimlar, pudratchi tashkilotlar xodimlari, tashrif buyuruvchilar va mahalliy aholining shikastlanishi hamda sog'lig'iga zarar yetkazmaydigan shaklda ishlash niyatini aks ettirib, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik, ekologik va ijtimoiy ko'rsatkichlarni boshqarish tizimini boshqarish asoslaridan biri hisoblanadi