100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

O‘quv yilining yorqin boshlanishi

Barcha yangiliklar
Яркий старт учебного года
06.09.2024

Maktabga birinchi sinfga borish har doim bayram! Oldinda yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi hayot. O‘yinchoqlar o‘rniga chizg‘ichlar, sirkullar, maktab daftarlari. Ammo, afsuski, hamma maktab o'quvchilari maktab uchun to'liq vositalar to'plamini sotib olishga qodir emas.

MTO gaz-kimyo majmuasi kam ta’minlangan oilalarning birinchi sinf o‘quvchilarini maktabga tayyorlashda qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

200 nafar bola uchun mahorat darsi tashkil etildi, unda toshkentlik yosh murabbiylar, maktab o‘quvchilarini rasm chizish asoslari bilan qiziqarli tarzda tanishtirdilar, ularga maxsus eko-sumkalarni o‘z qo‘llari bilan bezash uchun maxsus bo‘yoqlar to‘plamini berishdi, bu esa ularga bu voqeani yana uzoq vaqt eslatib turadi.

Ishtirokchilarning har biri vazifaga g'ayrioddiy ijodkorlik va tasavvur bilan yondashdilar: eng yorqin ranglardan foydalangan holda, bolalar o‘zlarining sevimli mevalarini, rang-barang daraxtlar, gullar, hayvonlar va qushlarni tasvirlab berishdi.

Bolalar o‘zlarining ijodiy salohiyatlarini nafaqat mahorat darsi doirasida, balki maktabda va uyda yanada to‘liqroq namoyon qilishlari uchun esa, bayram yakunida ishtirokchilarning har biri ryukzak va ta'lim uchun mo'ljallangan to'plamga ega bo'lishdi. Bu kanselyariya anjomlari, ruchkalar, rangli qalamlar, plastilin, rangli qog‘oz va, albatta, rasm chizish uchun albom - bularning barchasi yosh maktab o'quvchisiga partada o‘zini eng jiddiy "vazifalar"ga tayyor his qilish imkonini beradi.

Bolalar va ularning ota-onalari uchun yana bir yoqimli syurpriz bu ular uchun olingan o‘zbek tilidagi kitoblar bo‘ldi. Ular GKM MTO loyihasi xodimlari tomonidan to'plangan. Bolalarga ona tilida yangi bilim va yorqin taassurotlar olish imkonini beradigan ertaklar, adabiy asarlar, sarguzashtlar, ensiklopediyalar alohida e’tibor bilan tanlangan.

GKM MTO barqaror rivojlanish strategiyasi atrofdagi ijtimoiy muhitni qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Shu bois aksiya korxona faoliyat yuritadigan shahar va unga yaqin tumanlarda – Buxoro viloyatining Qorako‘l, Jondor va Olot tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Ha, kompaniya kichik loyihani amalga oshirdi. Ammo hayotlarining eng muhim davrida qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'lgan bolalarga menejment jamoasi va xodimlarning o'zlarining kichik hissasi ham katta yordam berishiga amin. Va, albatta, bunday loyihalar doimiy ravishda amalga oshiriladi. Axir, bugun maktab o'quvchisi o'z partasida o'tiradi va ertaga u MTO gaz-kimyo majmuasi kabi loyihada murakkab texnologik uskunalarning ishlashini boshqaradi.

Manba: GKM matbuot xizmati