100161, O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi 47

Qorako’l, Jondor va Olot tumanlari Gaz-kimyo majmuasi loyihasini qullab-quvvatladilar

Barcha yangiliklar
Каракуль, Жондор и Алат поддержали проект Газохимического комплекса
29.09.2022

28-29 sentyabr kunlari Qorako’l, Jondor va Olot tumanlari hokimliklarida O’zbekistondagi eng yirik polimer ishlab chiqaruvchisi, MTO tehnologiyasiga (MTO GKK) asoslangan Gaz-kimyo majmuasining qurilishi loyihasi yuzasidan jamoatchilik eshtiruvlari bo’lib o’tdi. Kompaniyada yiliga 1,3 milliard m³ mahalliy tabiiy gazdan foydalaniladi.

Buxoro viloyatining Qorako’l tumanida qurilayotgan Gaz-kimyo majmuasida MTO innovatsion texnologiyasi yordamida — metanolni etilen va propilenga aylantirishning kimyoviy jarayoni qo’llanilib, undan yakuniy mahsulotlar ishlab chiqariladi. GKK har yili 730 ming tonna polimer mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan.

Хоким Алатского района Наргиза Неъматова

Majmuaning vakillari loyiha xamda uning ekologiya va atrof-muhitga ta’siri haqida so’zlab berdilar. Majmua loyihasi Buhoro viloyati uchun ijtimoiy ahamiyatga egaligi, butun hududni sanoatlashtirilishiga olib kelishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda aytib o’tilgandek, ekologiya masalasi loyiha uchun muhim elementdir, shu bois hamma nazorat va talablarni ijrosi uchun Mott Mcdonald va Ekostandart Ekspert nufuzli halqaro kompaniyalari jalb qilingan.

Xalqaro ekspertlar atmosfera havosi va suv resurslari, tuproq sifati, ekologiya va biologik xilma-xillik, shovqin va tebranish darajasi bilan bog’liq ta’sirlar va havflarni ahamiyatsiz deb baholadilar. Bular esa, birinchi navbatda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ko’p bosqichli tozalash tizimi va salbiy ta’sirlarni oldini olish choralari bilan bog’liqdir.

Bundan tashqari, mutaxassislar loyihaning ijobiy tomonlarini ham tahlil qilishdi. Korxonada 1500 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi. Avvalo, mahalliy mutaxassislar jalb qilinadi.

Kichik va o’rta korxonalar rivojlanib, majmuaning xomashyosidan foydalangan holda, xalq iste’moli tovarlarini — gilamlar, quvurlar, matolar, tibbiy buyumlar, sport anjomlari, bolalar o’yinchoqlari, poyabzal, plyonkalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishi mumkin bo’ladi.

Eshtiruv ishtirokchilari majmuada qanday texnologiyalar qo’llanilishi, qanday mahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda zavodni qurish uchun kimlar jalb qilinishi va institutda yoshlar Gaz-kimyo majmuasida ishlash uchun qanday fanlarni o’rganishlari kerakligi bilan faol qiziqishdi.

Natijada, loyiha Qorako’l, Olot va Jondor tumanlari jamoalari tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

15-oktabrgacha, barcha aholi tumanlarning hokimliklarida joylashgan maxsus qutilarda yoki kompaniyaning uzmto.com. saytida ta’sirlarni baholash materiallariga o’z fikrlarini bildirishlari mumkin.

Manba: GKM matbuot xizmati