MTO gaz-kimyo majmuasi atrofini obodonlashtirish dasturi amalga oshirilishi boshlandi.
MTO texnologiyasi asosida tashkil etilgan Gaz-kimyo majmuasi xodimlari 150 tup kul, qarag‘ay va katalpa ko‘chatlarini ekishda shaxsan ishtirok etdilar.
Ekilgan daraxtlar yashil belbog’ning asosiga aylanadi, bu loyihaning atrof-muhitga salbiy ta’siri oqibatlarini kamaytiradi, tuproq qoplamini mustahkamlaydi, o’tlar va butalarning keyingi o’sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi va kelgusida yer cho’llanishi bilan kurashishga yordam beradi.
GKM MTO ekologik xavfsizlik masalalariga katta e’tibor beradi. Atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirni baholashni (AITB) o’tkazish uchun jahon miqyosidagi ekspert, Mott Macdonald konsalting kompaniyasi jalb qilindi, u boshqa ishlar qatorida salbiy ta’sirni kamaytirish bo’yicha harakatlar rejasini tayyorladi. MTO gaz-kimyo majmuasi yaqinidagi obodonlashtirish loyihasi “MTOning yashil kamarini” — bo‘lajak korxonaning asosiy ob’ektlari atrofidagi hududni yaratishga qaratilgan yirik ishlarning boshlanishi hisoblanadi.
Obodonlashtirish loyihasi Buxoro viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Rustam Xodjiyev, Buxoro viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi:
“Biz bu keng ko‘lamli loyihani juda dolzarb ishdan — hududni obodonlashtirishdan boshlayapmiz. Bu hududimiz tabiatini asrab-avaylash, shamollar, qum bo‘ronlari, cho‘llanishga qarshi turish, yaqin atrofda yashab, mehnat qiladigan odamlar uchun qulay iqlim yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi”.
Buxoro viloyatining janubi iqlimi baʼzan keskin harorat va kuchli shamollar bilan ajralib turadi. Shuning uchun ESG departamenti obodonlashtirish uchun ko`chat tanlashda ularning chidamliligi va atrof-muhit sharoitlariga moslashishiga katta e’tibor berdi. Ushbu daraxt turlari nafaqat qurg’oqchilik sharoitida, balki tuz miqdori yuqori bo’lgan tuproqlarda ham muvaffaqiyatli o’sishi mumkin.